Abstract
Ushbu ilmiy maqolada sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining nogironligi bo'lgan shaxslarning hayotini yaxshilash va ularning jamiyat hayotida to'liq ishtirok etishini ta'minlashdagi roli har tomonlama tahlil qilinadi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda bir milliarddan ortiq odam u yoki bu turdagi nogironlik bilan yashaydi. Tadqiqotda SI texnologiyalarining ko'rish, eshitish, harakatlanish va nutq buzilishlari bo'lgan insonlarga yordam berishdagi samaradorligi ilmiy asoslanadi.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.