Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda aerokosmik texnologiyalar sohasiga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi innovatsion rivojlanish strategiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Aerokosmik texnologiyalar zamonaviy iqtisodiyotning yuqori texnologiyali tarmoqlaridan biri bo‘lib, ular milliy xavfsizlikni ta'minlash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, tabiiy resurslarni monitoring qilish, qishloq xo‘jaligini boshqarish va ekologik muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotga ta’siri, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi, innovatsion faol korxonalar soni hamda ilmiy-tadqiqot xarajatlari o‘rtasidagi bog‘liqlik empirik usullar yordamida baholandi.
References
1. Organisation for Economic Co-operation and Development. The Space Economy in Figures. Paris, 2019.
2. Organisation for Economic Co-operation and Development. Space Economy Outlook. Paris, 2022.
3. World Bank. World Development Indicators. Washington, DC.
4. World Bank. World Development Report 2024.
5. International Monetary Fund. World Economic Outlook, 2024.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.