Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida harbiy terminologiyaning shakllanishi, rivojlanishi va o‘rganilish jarayonlari tahlil qilingan. Harbiy terminologiyaning terminologik tizim sifatidagi o‘rni, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari hamda zamonaviy tilshunoslikdagi tadqiq yo‘nalishlari yoritilgan. Ingliz harbiy terminologiyasining shakllanishida fransuz, lotin va yunon tillarining ta’siri, o‘zbek harbiy terminologiyasining rivojlanishida esa turkiy, arab, fors va rus tillarining o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, harbiy terminlarning semantik, struktur va funksional xususiyatlari hamda ularni qiyosiy o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida harbiy terminologiyaning xalqaro harbiy hamkorlik, harbiy tarjima va terminologik standartlashtirish jarayonlaridagi muhim o‘rni asoslab berilgan.
References
1. Wüster E. Introduction to the General Theory of Terminology and Terminological Lexicography. – Vienna, 1979.
2. Cabré M.T. Terminology: Theory, Methods and Applications. – Amsterdam: John Benjamins, 1999.
3. Crystal D. The Cambridge Encyclopedia of the English Language. – Cambridge University Press, 2019.
4. Ахунбабаева Н.Х., Юнусова Н.М. Historical Development of Uzbek Military Terminology. – 2022.
5. Норматов Ҳ. Инглиз ва ўзбек тилларида ҳарбий терминларнинг фонологик хусусиятлари. – Тошкент, 2025.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.