Abstract
Badiiy tafakkur tarixida komizm, uning genezisi, tabiati va ijtimoiy-estetik funksiyalarini belgilash masalasi har doim falsafiy, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Komizm inson faoliyati, dunyoqarashi va lisoniy muloqotining o‘ziga xos shakli bo‘lib, hayotdagi turli nomuvofiqliklar, obyekti va subyekti o‘rtasidagi ziddiyatlar hamda lisoniy me’yorlarning estetik maqsad yo‘lidagi transformatsiyasi natijasida yuzaga keladi. O‘zbek filologik tafakkurida kulgi kategoriyasining lingvistik va adabiy tabiati milliy qadriyatlar, xalq og‘zaki ijodining ko‘p asrlik tajribasi hamda yozma adabiyotimizning taraqqiyot qonuniyatlari bilan uzviy bog‘liq holda shakllangan. Zamonaviy antropotsentrik tilshunoslik va adabiyotshunoslik parodigmalari nuqtayi nazaridan yondashilganda, komizmning oliy shakllari hisoblangan satira va yumor shunchaki badiiy uslub elementlari yoki tasvir vositalari emas, balki so‘z san’atkorining voqeolikni lisoniy modellashtirish prinsiplarini belgilovchi o‘zak kategoriyalar sirasiga kiradi.
References
1. G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. XII jildlik. – Toshkent: Fan, 1983–1990.
2. G‘afur G‘ulom. Shum bola (Qissa). – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019. – 144 b.
3. G‘afur G‘ulom. Yodgor (Qissa va hikoyalar). – Toshkent: Sharq, 2012. – 216 b.
4. Ghafur Ghulom. The Mischievous Boy (Translated by K. M. Karimov). – Tashkent: Uzbekistan, 2014. – 128 p.
5. Гафур Гулям. Озорник (Перевод на русский язык). – Ташкент: Юлдузча, 1987. – 136 с.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.