Published November 23, 2024 | Version v1
Journal article Open

ANЕMIYANI XALQ TABOBATI USULIDA DAVOLASH

  • 1. Central asian medical university xalqaro tibbiyot universiteti, davolash 823-guruh talabasi
  • 2. ilmiy raxbar

Description

Anemiya (yunoncha an – inkor qoʻshimchasi va haima – qon), kamqonlik – qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi bilan kechadigan kasallik. Anemiyaga qon yaratilish jarayonining buzilishi, asosiy qon yaratuvchi toʻqima – koʻmikning oʻz funksiyasini yetarli bajara olmay qolishi sabab boʻlishi mumkin. Temir va vitamin B12 yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan anemiya birmuncha keng tarqalgan. Oz-ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, mas, ba-vosir yoki meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi kasalligida ham koʻpincha anemiya kuzatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp ketadigan ayollarda ham temir yetishmasligidan kelib chiqadigan anemiya tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga aloqador Anemiyaga bot-bot homilador boʻlish, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga oʻtadi. Kichik yoshdagi bolalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek ovqatning kam-koʻst boʻlishi oqibatida roʻy beradi.

Files

154-157 Vaqqosova Sh.pdf

Files (524.5 kB)

Name Size Download all
md5:125918d4c27c6081a12dd14399502958
524.5 kB Preview Download